Kontentga o‘tish
Aziya Immunopreparat
Yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston va XXR tadbirkorlari o‘rtasida farmatsevtika sohasida shartnomalar imzolandi

Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida 6-Xitoy Xalqaro «China International Import Expo-2023» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. «IMPORT EXPO» ko‘rgazma maydonida 100 dan ziyod ishtirokchi davlatlarning har biriga savdo va investitsiyalar, sanoat hamda turizm sohasi yutuqlarini namoyish qilishi uchun alohida joy ajratilgan. Mazkur ko‘rgazmaning «Made in Uzbekistan» milliy stendida farmatsevtika sohasida faoliyat olib boruvchi ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining mahsulotlari namunalari bilan yuqori darajada ishtirok etishmoqda. Shu bilan birga, ko‘rgazma ishi doirasida turli davlatlardan tashrif buyurgan tadbirkorlar o‘rtasida B2B uchrashuvlar ham tashkil qilinib, ular mahalliy farmkompaniyalar uchun samarali o‘tmoqda. Uchrashuvlar jarayonida O‘zbekiston va Xitoy vakillari o‘rtasida farmatsevtika sohasida shartnomalar imzolandi.