Aziya Immunopreparat kompaniyasi Makkah Halal Forum 2025 da ishtirok etmoqda!
2025 yil 25–27 fevralda Makkada halol sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri — Makkah Halal Forum 2025 bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida O‘zbekistondan «Aziya Immunopreparat» kompaniyasi ko‘rgazmada ishtirok etib, mahsulotlarini O‘zbekiston stendida taqdim etmoqda. Kompaniya halol mahsulotlar sohasidagi yangi ishlanmalar va innovatsion yechimlarni namoyish etmoqda. Bu xalqaro maydonda tajriba almashish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatdir. MediPHAGE® stendida tashrif buyuruvchilar biofarmatsevtika preparatlari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi, kosmetika va veterinariya yo‘nalishidagi yechimlar bilan tanishishlari mumkin. Manzil: Makkah Chamber for Exhibitions and Events Center, Makka, Saudiya Arabistoni. Barcha qiziqish bildirganlarni stendimizga tashrif buyurish va «Aziya Immunopreparat» kompaniyasining yangi mahsulot va yo‘nalishlari bilan tanishishga taklif qilamiz!




