Milliy farmatsevtika sohasini rivojlantirish markazda
2025 yil aprelida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati «Aziya Immunopreparat» korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi korxonaning joriy faoliyati hamda immunobiologik preparatlar ishlab chiqarish sohasidagi amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Kompaniyaning erishgan natijalari va barqaror rivojlanish sur’atlari qayd etildi. Sohaga oid dolzarb masalalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Mazmunli muloqot jarayonida mavjud muammolarni hal etish yo‘llari va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar muhokama qilindi. Tashrif davlat tashkilotlari va farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. «Aziya Immunopreparat» aholining salomatligini ta'minlash va farmatsevtika sohasidagi milliy salohiyatni oshirishga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.







