Aziya Immunopreparat laboratoriya sinov xizmatlari hamkorida audit o‘tkazdi
Aziya Immunopreparat kompaniyasi laboratoriya sinov xizmatlari ko‘rsatuvchi hamkori «Farmatsiya-Innovatsiya Markazi»da GMP (O‘zDSt 2766) talablariga, xususan yetkazib beruvchilarni tasdiqlash tartibiga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida audit o‘tkazdi. Markaz ISO/IEC 17025 talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tgan, GLP bo‘yicha sertifikatlangan va dori vositalari, tibbiy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika hamda kimyoviy moddalar uchun 1700 dan ortiq sinov usullariga ega. Unda fizik-kimyoviy, mikrobiologik va farmako-toksikologik laboratoriyalar faoliyat yuritadi. Audit natijasida nazorat sifati va ishonchliligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Aziya Immunopreparat Farmatsiya-Innovatsiya Markazi bilan hamkorlikni davom ettiradi va dori vositalari sifati hamda xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. Sifat va xavfsizlik — bizning ustuvor yo‘nalishimiz.







