Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori «AZIYA IMMUNOPREPARAT» MChJ vakillari bilan uchrashdi
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A. Azizov «AZIYA IMMUNOPREPARAT» MChJ kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Innovatsion, antibakterial yuqumli agentlarga qarshi vaktsina-zardob yo‘nalishidagi, yuqumli kasalliklarga qarshi preparatlar (bakteriofag) ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida yangi loyihani ishga tushirish loyihasi taqdimotini o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida, loyiha doirasida yirik xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan katta qiziqish tufayli bakteriofag preparatlar yangi texnologiyalar yordamida takomillashtirib ishlab chiqarish, ushbu dori vositalarini xorijiy hamkorlarga eksport qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, loyihalarni amalga oshirish jadvallari va boshqa masalalar muhokama qilindi.







