Germaniyadan Sartorius filtrlari yangi yirik partiyasi yetkazib berildi!
Bizga Germaniyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sartorius filtrlari yangi yirik partiyasi yetkazib berildi!
Sartorius — 150 yildan ortiq tarixga ega (1870 yilda Germaniyada tashkil etilgan) jahon yetakchisi. Ushbu brend filtrlari 110 dan ortiq mamlakatda qo‘llaniladi va biotexnologiya hamda farmatsevtika sohasidagi eng ishonchli va sifatli mahsulotlar sifatida tanilgan.
«Aziya Immunopreparat» MChJda biz tashkil etilganimizdan beri laboratoriyalar va yirik hajmdagi ishlab chiqarish uchun Sartorius filtrlaridan foydalanamiz. Bu bizga quyidagilarni ta'minlashga yordam beradi:
— immunobiologik preparatlarimizning maksimal steril va xavfsizligi;
— mahsulot sifatining uzluksiz va barqarorligi;
— GMP va ISO xalqaro standartlariga to‘liq muvofiqlik.